«Real» Diumfris uchun 20 million yevrolik tovon pulini to‘laydi
Transfer bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishilgan.
ФОТО: Getty images
Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, "Inter" rahbariyati "Real" va Denzel Diumfris o‘rtasidagi kelishuv haqida xabardor qilingan.
Manbada aytilishicha, madridliklar niderlandiyalik futbolchining shartnomasidagi 20 million yevrolik tovon pulini faollashtiradi. Transfer bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishilgan.
Diumfris so‘nggi mavsumlarda "Inter"ning asosiy futbolchilaridan biri sifatida muntazam maydonga tushib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik qanot himoyachisi 2021 yilda PSVdan Milan klubiga ko‘chib o‘tgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist