locale OZ

\"Real\" Diasni A Seriya klubiga sotishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Diasni A Seriya klubiga sotishga tayyor
Photo: Getty Images

“Real Madrid” klubi hujumkor yarim himoyachisi Brahim Dias faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qirolicha klubi” yozgi transfer oynasi vaqtida argentinalik vinger Franko Mastantunoni xarid qildi. Shuningdek, Rodrigo ham jamoada qolishni istamoqda. Bu holat Brahim Diasning asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatini pasaytirishi mumkin.

Qayd etilishicha, A Seriyaning yetakchi klublari Brahim Diasni 40 million yevro evaziga sotib olishga tayyor. Biroq “Real Madrid” rahbariyati futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Brahim Dias 2024/25 yilgi mavsum “Real Madrid” safida jami 56 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting