«Real» Dalotni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda
Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
"Real" klubi 2026 yilda "Manchester United"ning qanot himoyachisi Diogu Dalotni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Mail nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, "qizil iblislar" 26 yoshli futbolchini sotish variantini muhokama qilmoqda. Dalot uchun kurashda "Real"ga Myunxenning "Bavariya"si hamda "Atletiko" klubi raqobat qilishi mumkin.
Joriy mavsumda Diogu Dalot barcha musobaqalar doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bitta gol kiritgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist