locale OZ

«Real» Chuameni bilan shartnomani uzaytirmoqchi — Footmercato

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Chuameni bilan shartnomani uzaytirmoqchi — Footmercato
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi tayanch yarim himoyachisi Orelen Chuameni katta ehtimol bilan klub bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.

Futbolchi Madrid jamoasini tark etishni rejalashtirmayapti, “qaymoqranglilar” unga yangi shartnoma taklif qilish niyatida. “Real”ning murabbiylar shtabi Chuamenini loyihaning muhim qismi sifatida ko‘rmoqda. Ta’kidlanishicha, “qaymoqranglilar” yarim himoyachining maoshini ham sezilarli darajada oshirishga tayyor.

Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting