«Real» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida 9,2 mln yevro yoʻqotdi
Madridning «Real» klubi uchun Yevropa Chempionlar Ligasining yangi formati nafaqat maydonda, balki moliyaviy tomondan ham ancha qimmatga tushmoqda. «Qirollik klubi» musobaqaning umumiy bosqichidayoq 9,2 million yevro daromaddan mahrum bo‘ldi. Bu haqda nufuzli AS nashri xabar tarqatdi.
Birinchidan, «Liverpul», «Manchester Siti» va «Benfika»dan qabul qilingan mag‘lubiyatlar tufayli «qaymoqranglilar» g‘alaba uchun beriladigan 6,3 million yevrodan quruq qolishdi.
Ikkinchidan, so‘nggi turdagi omadsizlik sabab jamoa turnir jadvalida 3-o‘rindan 9-o‘ringa sho‘ng‘idi. Bu esa yana 1,9 million yevro boy berildi degani. Shuningdek, «Real» to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga chiqmagani uchun 2 million emas, balki pley-off bosqichi uchun atigi 1 million yevro oladigan bo‘ldi.
Hozircha Madrid grandi umumiy bosqichdan 39 million yevro ishlab oldi. Ammo xavf hali oldinda. Agar «qaymoqranglilar» pley-off bosqichida Lissabonning «Benfika» jamoasidan o‘ta olmasa, yana 11 million yevrodan ayrilib qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Benfika» o‘rtasidagi bahslar pley-offning eng markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.