«Real» «Chelsi» va «Arsenal»ga Endrikning kelajagi borasidagi o'z pozitsiyasini ma'lum qildi — TEAMtalk
"Chelsi" va "Arsenal" qishdan buyon ijara asosida "Lion"da o'ynayotgan Madridning "Real" klubi hujumchisi Endrikka qiziqish bildirmoqda. Biroq "qaymoqranglilar" London klublariga 19 yoshli forvardni sotish variantini ko'rib chiqmayotganliklarini ma'lum qildi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Real" kelasi mavsum uchun jamoa rejalariga kiritilgan Endrikning qaytishini kutmoqda. Ta'kidlanishicha, forvardning o'zi "Madrid jamoasi tarkibidagi o'rin uchun qolish va kurashishga qat'iy qaror qilgan". "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres hamon jahon futbolidagi eng yaxshi yosh futbolchi bilan shartnoma imzolaganiga ishonchi komil.
Endrik "Lion" tarkibida barcha musobaqalardagi 18 ta o‘yinda 7 ta gol urdi. Hujumchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.