locale OZ

“Real” Carrerasning transferini e’lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Carrerasning transferini e’lon qildi
Photo: Getty Images

Madridning "Real" klubi "Benfika"dan Alvaro Carrerasni sotib olganini e’lon qildi.

22 yoshli chap qanot himoyachisi 2031 yil 30 iyungacha, 6 yillik shartnoma imzoladi. Carreras seshanba kuni rasman "Real Madrid" futbolchisi sifatida taqdim etiladi.

Transfer narxi 50 million yevro ekani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Carreras — "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi. U 2017 yildan 2020 yilgacha klubning yoshlar jamoalarida o‘ynagan, shundan so‘ng "Manchester United"ga o‘tgan.

Carreras o‘tgan mavsum 52 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting