«Real» Brunu Gimaraesh uchun kurashga qoʻshildi
«Manchester Yunayted» klubi «Nyukasl Yunayted» yarimhimoyachisi va sardori Brunu Gimarainsni taxminan 80 million yevro evaziga sotib olish bo‘yicha faol muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Reuters nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, 28 yoshli futbolchining «qizil iblislar» safiga o‘tishiga Madridning «Real» klubi to‘sqinlik qilishi mumkin. «Qirollik klubi» kelayotgan yozda Eduardu Kamavinganing jamoadan ketishi ehtimoli fonida Gimarainsning holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Qayd etilishicha, «Real» braziliyalik futbolchi nomzodini hali 2022 yilda ko‘rib chiqqan edi.
Joriy mavsumda Gimarains barcha turnirlar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.