locale OZ

«Real» bosh murabbiy lavozimiga Arteta nomzodini koʻrib chiqmoqda

Ispaniyalik mutaxassisning «Arsenal» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» bosh murabbiy lavozimiga Arteta nomzodini koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi jamoa bosh murabbiyligi lavozimi uchun ehtimoliy nomzodlarni o‘rganmoqda. Ular orasida Londonning «Arsenal» klubini boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta ham bor. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi»ning amaldagi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa kelasi mavsumda ushbu lavozimda qolishi ehtimoli past. Shunga qaramay, hozirda «Arsenal» sport direktori Andrea Berta va Arteta o‘rtasida 43 yoshli mutaxassisning yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Arteta 2019 yil dekabr oyidan buyon «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida londonliklar Angliya Kubogini va ikki marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Mutaxassisning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting