locale OZ

«Real» birinchi, «Barselona» toʻqqizinchi — IFFHS so‘nggi 5 yillikning eng yaxshi klublari reytingini e’lon qildi

Tashkilot ochkolar qay tartibda hisoblangani borasida batafsil maʼlumot bermagan, biroq har bir jamoaning koʻrsatkichlari aniq ballar bilan belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» birinchi, «Barselona» toʻqqizinchi — IFFHS so‘nggi 5 yillikning eng yaxshi klublari reytingini e’lon qildi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2021-yilning 1-yanvaridan 2025-yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davr uchun dunyoning eng yaxshi klublari reytingini tuzib chiqdi.

Tashkilot ochkolar qay tartibda hisoblangani borasida batafsil ma’lumot bermagan, biroq har bir jamoaning ko‘rsatkichlari aniq ballar bilan belgilangan. Unga ko‘ra, Madridning «Real» klubi 1753 ochko bilan sayyoramizning eng yaxshi jamoasi deb topildi.

Ta’kidlash joizki, «qaymoqranglilar» ushbu davr mobaynida ikki bor (2022 va 2024-yillar) Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

1. «Real Madrid» (Ispaniya) — 1753 ochko

2. «Manchester Siti» (Angliya) — 1605

3. «Flamengo» (Braziliya) — 1536

4. «PSJ» (Fransiya) — 1470

5. «Palmeyras» (Braziliya) — 1449

6. «Bavariya» (Germaniya) — 1433

7. «Inter» (Italiya) — 1430

8. «Chelsi» (Angliya) — 1334

9. «Barselona» (Ispaniya) — 1332

10. «Liverpul» (Angliya) — 1265

Maʼlumot uchun, ushbu reytingda Angliya jamoalari son jihatdan ustunlik qilmoqda (3 ta). Shuningdek, Braziliyaning ikki klubi («Flamengo», «Palmeyras») kuchli beshlikdan joy olgani ham eʼtiborga molik.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting