locale OZ

«Real» «Barselona» va Negreira ishi bo‘yicha UEFAga 50 ming sahifalik material taqdim etdi

«Barselona» 2001-yildan 2018-yilgacha Negreiraga jami taxminan 8,4 million yevro to‘laganlikda ayblangan.
«Real» «Barselona» va Negreira ishi bo‘yicha UEFAga 50 ming sahifalik material taqdim etdi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UEFA) «Barselona»ning Ispaniya hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreira bilan aloqalariga oid 50 ming sahifalik materiallarni taqdim etdi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» «Barselona» Negreiraga pul to‘lagan 2001-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda qo‘lga kiritgan barcha sovrinlaridan mahrum etilishini istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda «Barselona»ga Ispaniya futbol qirollik federatsiyasida (RFEF) faoliyat yuritgan hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreiraga to‘lovlar amalga oshirilgani bo‘yicha pora berish ayblovlari qo‘yilgan edi.

«Barselona» 2001-yildan 2018-yilgacha Negreiraga jami taxminan 8,4 million yevro to‘laganlikda ayblangan.

Kataloniya klubi versiyasiga ko‘ra, Negreira hakamlikka oid texnik hisobotlar tayyorlaydigan tashqi maslahatchi sifatida ishga jalb qilingan. CTA sobiq vitse-prezidenti esa hakamlarga ta’sir o‘tkazish maqsadida pora olganini inkor etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting