\"Real\" Asensio bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi
Photo: Getty Images
"Real" klubi yosh himoyachi Raul Asensio bilan hamkorlikni davom ettiradi, deya xabar bermoqda "Cope" nashri.
Maʼlumotlarga ko‘ra, "qirolicha klub" 22 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirishni rejalashtirgan.
Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchining tovon puli 100 million yevro etib belgilanadi. Shuningdek, Asensioning maoshi ham oshiriladi.
Shartnomaning uzaytirilishiga asosiy sabab, futbolchining bu mavsum muhim bellashuvlardagi ishonchli harakatlari deb ko‘rsatilmoqda.
Asensio o‘tgan mavsum La Ligada 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golli pas berdi va 3 marta ogohlantirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist