locale OZ

“Real” “Arsenal”ning 18 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” “Arsenal”ning 18 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi “Arsenal”ning chap qanot himoyachisi Mayls Lyuis-Skelliga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” “Arsenal” va 18 yoshli futbolchi o'rtasida shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolganidan xabar topgan.

Ta'kidlanishicha, “kanonirlar” Lyuis-Skellini klubda saqlab qolish uchun bor kuchini ishga solmoqchi.

Ma'lumot uchun, Lyuis-Skelli joriy mavsum APL'da 23 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 28 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting