locale OZ

“Real” “Arsenal\"dan qasos olishning boshqa yo'lini topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” “Arsenal"dan qasos olishning boshqa yo'lini topdi
FОТО: Arsenal.com

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres yozgi transferlar vaqtida “Arsenal”ning markaziy himoyachisi Uilyam Salibani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi” prezidenti 24 yoshli fransiyalik futbolchi uchun “kanonirlar”ga 90 million yevrodan ko'proq mablag' taklif qiladi.

O'z navbatida, “Arsenal” ham jamoa yetakchisi bilan shartnomani 2027-yilgacha uzaytirish ustida ish olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Saliba joriy mavsum barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting