locale OZ

«Real» Araujo'ni transferlar ro'yxatiga kiritdi

Futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Araujo'ni transferlar ro'yxatiga kiritdi
ФОТО: Getty images

"Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Benfika" markaziy himoyachisi Tomash Araujo'ni jamoaning transfer ro'yxatiga kiritdi. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manbaga ko'ra, hozircha "qirolicha klub" 24 yoshli futbolchini sotib olish bo'yicha aniq qadamlar tashlagani yo'q.

O'tgan mavsumda Araujo barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning klub bilan amalda bo'lgan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting