\"Real\" Alonsoni rasmiy tanishtirdi
U 2028 yilning yozigacha shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
Xabi Alonso "Real" bilan shartnoma imzoladi.
Madrid klubi "Bayer"ning sobiq bosh murabbiyi bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma tuzilganini e'lon qildi.
Bugun "Real" prezidenti Florentino Peres va 43 yoshli bask murabbiy o‘rtasida rasmiy shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Keyinchalik klub Alonsoni yangi murabbiy sifatida tanishtiradi va Karlo Anchelotti o‘rniga kelgan Xabi birinchi matbuot anjumanini o‘tkazadi.
"Bayer" bilan murabbiy sifatida u Germaniya chempionati va kubogini qo‘lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist