locale OZ

«Real» Alaba bo'yicha bir qarorga keldi

33 yoshli futbolchining “qirolicha” klubi bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Alaba bo'yicha bir qarorga keldi
ФОТО: Getty images

“Real” klubi kelasi yozda avstriyalik himoyachi David Alaba bilan xayrlashadi. Bu haqda Tribal Football xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar kelishuvni uzaytirmaydi. 33 yoshli futbolchining “qirolicha” klubi bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.

Shu tariqa, Alaba yozda Madrid grandini erkin agent sifatida tark etadi. Joriy mavsumda u La Liga doirasida bor-yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

Agar u jamoani tark etsa, MLSga yo'l olishi mumkin. Unga okean ortidan variantlar bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting