«Real» 3 nafar markaziy himoyachini kuzatmoqda
Alonso himoya chizig'ini kuchaytirishni istamoqda.
ФОТО: Getty images
Madridning “Real” klubi himoya chizig'ini kuchaytirish uchun uch nafar futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda, deya xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, “qirolicha” klubining short-listidan Dayo Upamekano (“Bavariya”), Mark Gehi (“Kristal Pelas”) va Ibrohima Konate (“Liverpul”) kabi futbolchilar o'rin olgan.
Klub ushbu himoyachilarning vakillari bilan doimiy ravishda aloqada va vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Real” Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi. “Barselona” esa ikkinchi o'rinni band etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist