locale OZ

«RB Leypsig»ning 19 yoshli hujumchisi Yan Diomande Bundesligada transfer qiymati eng tez o'sgan futbolchi bo'lib turibdi

Transfermarkt portali 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Germaniya Bundesligasida transfer qiymati eng yuqori sur’atlarda o‘sgan futbolchilar reytingini yangiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«RB Leypsig»ning 19 yoshli hujumchisi Yan Diomande Bundesligada transfer qiymati eng tez o'sgan futbolchi bo'lib turibdi
photo: gettyimages

Transfermarkt portali 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Germaniya Bundesligasida transfer qiymati eng yuqori sur’atlarda o‘sgan futbolchilar reytingini yangiladi. Ro‘yxatda «RB Leypsig»ning 19 yoshli hujumchisi Yan Diomande peshqadamlik qilmoqda — uning narxi birdaniga 15 million yevroga ko‘tarildi.

Shuningdek, «Bavariya» yulduzi Maykl Olise va «Borussiya Dortmund» yarim himoyachisi Job Bellingemning ham bozor qiymatida sezilarli o‘sish (10 million yevrodan) kuzatilgan. E’tiborli jihati, Olise 150 million yevrolik ko‘rsatkich bilan liganing eng qimmat futbolchisi maqomini mustahkamladi.

Bundesliganing narxi eng ko‘p oshgan futbolchilari — top-10 (27 may, 2026 yil):

Yan Diomande («RB Leypsig») — € 90 mln (+ € 15 mln).

Aleksandar Pavlovich («Bavariya») — € 90 mln (+ € 15 mln).

Yoxan Manzambi («Frayburg») — € 50 mln (+ € 15 mln).

Kaisyu Sano («Mayns») — € 40 mln (+ € 15 mln).

Igor Matanovich («Frayburg») — € 22 mln (+ € 12 mln).

Samuele Inasio («Borussiya» Dortmund) — € 15 mln (+ € 12 mln).

Maykl Olise («Bavariya») — € 150 mln (+ € 10 mln).

Said El-Mala («Kyoln») — € 45 mln (+ € 10 mln).

Djob Bellingem («Borussiya» Dortmund) — € 40 mln (+ € 10 mln).

Kristof Baumgartner («RB Leypsig») — € 40 mln (+ € 10 mln).

Bu ko‘rsatkichlar yosh iqtidorlarning joriy mavsumda nechog‘lik katta sakrashga erishganini va Bundesliga klublarining skauting tizimi samaradorligini yana bir bor isbotlamoqda. Keyingi transfer oynasida ushbu futbolchilarga bo‘lgan qiziqish yanada ortishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting