locale OZ

Rays — APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi (BBC)

Deklan APL doirasida “Arsenal” safida 36 ta o‘yinda 4 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rays — APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi (BBC)
ФОТО: Getty images

“Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays BBC tomonidan APLning 2025/2026 yilgi mavsumida “Eng yaxshi futbolchi” deb topildi.

Ikkinchi o‘rinni “Manchester Yunayted” xavbeki Brunu Fernandesh egalladi. U bir mavsumda eng ko‘p golli pas bergan futbolchi sifatida yangi rekord o‘rnatdi. Uchinchi o‘rin esa “Brentford” hujumchisi Igor Tyago band etdi. Braziliyalik forvard mavsum davomida 22 ta gol urdi.

Joriy mavsumda Rays APL doirasida “Arsenal” safida 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 120 million yevroni tashkil qiladi.

Deklan Rays
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting