«Rayo Valyekano»ning 16 yoshli futbolchisi vafot etdi
Qayd etilishicha, oʻlim sabablari hali aniqlanmagan.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
«Rayo Valyekano» klubi yoshlar tarkibi futbolchisi, 16 yoshli Ivan Diyes Kolomeni hayotdan koʻz yumgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda klubning X ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
Madrid klubi eʼlon qilgan bayonotda qayd etilishicha, «Juvenil B» jamoasi oʻyinchisi 2026-yil 16-iyun kuni vafot etgan. Oʻlim sabablari ochiqlanmagan.
«Juvenil B» oʻyinchisi Ivan Diyes Kolomening vafoti munosabati bilan eng samimiy taʼziyamizni izhor etamiz. Ushbu ogʻir damlarda uning oilasi va yaqinlariga har tomonlama dalda boʻlamiz. Oxirating obod boʻlsin», — deyiladi klub bayonotida.
Kolome «Rayo Valyekano»ning ikkinchi yoshlar jamoasida toʻp surar edi. Bu uning klub tizimidagi ilk mavsumi edi.