“Rayo Valyekano” murabbiyi “Real”dan kimni olib tashlashni istashini aytdi
“Rayo Valyekano” bosh murabbiyi Benyat San Xose “Real Madrid”ga qarshi o‘yin oldidan qiziqarli savolga javob berdi. Mutaxassisdan imkoniyat bo‘lsa, madridliklar tarkibidan qaysi futbolchini olib tashlagan bo‘lardingiz, deb so‘raldi. San Xose esa futbolchi emas, Joze Mourinyoni tanladi.
“Men Mourinyoni olib tashlagan bo‘lardim. U futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri”, — dedi San Xose. Shuningdek, u “Real” safida dunyoning eng yaxshi darvozabonlari va hujumchilaridan biri borligini ham ta’kidladi.
San Xose “Santyago Bernabeu”dagi uchrashuvda “Rayo Valyekano” o‘z o‘yin uslubidan voz kechmasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa raqibning kuchli tomonlarini yaxshi tushunishi, shu bilan birga o‘ziga xos o‘yin tamoyillarini saqlab qolishi kerak.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” va “Rayo Valyekano” o‘rtasidagi La Liganing 5-tur uchrashuvi 12-sentabr kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan “Real” turnir jadvalida uchinchi, “Rayo Valyekano” esa 14-o‘rinni egallab turibdi.