locale OZ

«Rayo Valyekano» 25 yildan so‘ng evrokuboklar guruh bosqichida ishtirok etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Rayo Valyekano» 25 yildan so‘ng evrokuboklar guruh bosqichida ishtirok etadi
Фото: Getty Images

Konferensiyalar ligasi saralash bosqichining so‘nggi uchrashuvlari yakunlandi.

“Rayo Valyekano” o‘z maydonida Belarusning “Neman” klubini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar birinchi o‘yinda ham kichik ustunlik bilan g‘alaba qozongandi, - 1:0.

Uchrashuvning 64-daqiqasida Alvaro Garsiya hisobni ochdi. Bir daqiqa o‘tib, Serxio Kamello ikkinchi golga mualliflik qildi. 81-daqiqada Xorxe de Frutos uchinchi, 89-daqiqada Garsiya to‘rtinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, “Rayo Valyekano” 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana evrokuboklarda o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting