Rayan Gvaranberx — APLda toʻpga egalik qilish boʻyicha eng yaxshi futbolchi
ESPN telekanali Gradient Sports’ning batafsil ma’lumotlariga tayangan holda Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi va eng yomon o‘yinchilari yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Liverpul» yarimhimoyachisi Rayan Gravenberx joriy mavsumda to‘pga egalik qilish bo‘yicha eng yaxshi futbolchi bo‘lib turibdi.
Reytingda Gravenberxning bosim ostida burila olish va himoyachilarni ortda qoldirish qobiliyati alohida qayd etilgan. Shuningdek, u to‘pni yetkazib berish ko‘rsatkichi bo‘yicha ketma-ket ikkinchi yildirki ligada peshqadamlik qilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlar doirasida 32 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning hisobida 4 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozordagi qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.