Rayan Garsiyaning uyini tunab ketishga urinishdi — TMZ
Yarimo‘rta vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi Rayan Garsiyaning Los-Anjelesdagi (Kaliforniya shtati, AQSH) xonadoniga 26 fevral kuni oqshom paytida noma’lum shaxs bostirib kirishga urindi. Bu haqda TMZ portali xabar tarqatdi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bosqinchi devordan oshib o‘tib, Garsiyaning uyiga kirishga harakat qilgan. Biroq voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari tezkorlik bilan yetib kelgani sababli, jinoyatchi qochib ketishga ulgurgan. Hodisa yuz bergan vaqtda Rayan Garsiyaning uyda bo‘lgan-bo‘lmagani haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, Rayan Garsiya hozirda 27 yoshda. Sportchi professional boksda 2016 yilda debyut qilgan bo‘lsa, 2023 yildan buyon yarimo‘rta vazn toifasidagi janglarda ishtirok etib kelmoqda.