locale OZ

Rayan Garsiya: «Ronalduga hurmat koʻrsating»

Amerikalik bokschi Krishtianuning O‘zbekistonga qarshi o‘yinidan so‘ng fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rayan Garsiya: «Ronalduga hurmat koʻrsating»
FOTO: Getty Images

JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Portugaliya terma jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, jamoasining yirik g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.

Bahsdan so‘ng amerikalik bokschi Rayan Garsiya Ronalduning o‘yiniga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali munosabat bildirdi. U portugaliyalik futbolchining natijasini yuqori baholab, uning nomiga munosib e’tirof berish kerakligini ta’kidladi.

“Uning nomiga munosib hurmat ko‘rsating”, — deya yozdi Garsiya.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu O‘zbekistonga qarshi bahsda 6 va 39-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Portugaliya esa ushbu g‘alabadan so‘ng 4 ochko bilan K guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Ronaldu mundialdagi navbatdagi tarixiy o‘yinini o‘tkazdi va yana bir bor katta sahnada e’tibor markazida bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting