locale OZ

Ravshan Rajabov: «Qarshi hujumlardan gol o'tkazib yubordik»

«Surxon» bosh murabbiyi «Dinamo» bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Rajabov: «Qarshi hujumlardan gol o'tkazib yubordik»
Photo: gettyimages

Futzal bo'yicha «Dinamo» — «Surxon» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan so’ng termizliklar jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Rajabov o’yin haqidagi o’z fikrlarini bildirdi.

«Uchrashuv haqida fikr bildiradigan bo'lsam, birinchi bo'limni yaxshi boshladik. Biroq, bo'lim ohirida 2 ta qarshi hujumlarda o'z darvozamizdan gol o'tkazib yubordik.

Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik. Ikkinchi bo'limda ham huddi shunday xatoga yo'l qo'ydik. Bu esa yakuniy natijaga ta'sir qildi. Ikkinchi tur uchun tayyorgarlikni ertaroq boshlaymiz. Xatolardan xulosa chiqarib, ularni tuzatishga harakat qilamiz», - dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting