Ravshan Muxadov: \" Bu yerda tarkibdan to'g'ri foydalanish, agar o'zimizga ishonmasak, bu yerda turishimizni nima keragi bor?\"
“Arkadag” - “Andijon” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Muxadov qatnashdi.
Avvalambor xush kelibsizlar! Albatta, har bir jamoa ijobiy natija kutadi. Raqib haqida gapiradigan bo'lsam, biz ularni O'zbekiston chempionatidagi o'yinlari orqali o'rgandik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqladik va shunga monand tayyorlandik.
Ertaga “Arkadag” uchun muhim o'yin. O'yinga “nastroy” qanday? Jamoada tajribali mutaxassis ishlayapti. Qanday ko'rsatmalar berildi?
- Bosh murabbiy: O'yinga qo'yilgan ko'rsatmani yashirmaymiz. Bu biz Turkman xalqi ishqibozlari uchun bayramdek. O'tgan yili omadli qatnashdik. Rejalarimizni yuqori qo'ydik. Shunday tempda olg'a boramiz. O'tgan yildagi o'yinlarimiz, g'alabalarimiz ham o'z-o'zidan kelgani yo'q. Ushbu musobaqada oddiy, yengil o'yinlar bo'lmaydi. Turnirda kuchsiz jamoa yo'q. Chunki bilasizlar, musobaqada Ronaldu jamoasi ham bor. Shu sababli oson uchrashuvlar yo'q.
- Ravshan Abdurahmonovich, biz bunday turnirda yurtimiz sharafini himoya qilamiz. Barcha futbolchilar deyarli terma jamoa o'zagi. Ularni funksional holatini aytib o'tsangiz.
- Funksional tomondan 100 foiz qoniqdik. Ikkinchi davra o'yinlari start oldi. Professional futbolchi 5-6 ta turdan keyin o'z o'yini topib oladi. Bu yerda tarkibdan to'g'ri foydalanish, agar o'zimizga ishonmasak, bu yerda turishimizni nima keragi bor?
- Ravshan Abdurahmonovich, “Andijon” klubi haqida fikringiz qanday? Masalan, pozisiya bo'yicha qaysi futbolchilarini yaxshiroq bilasiz?
- Ayyor, savol. Albatta, bilamiz. Aytib o'tganimdek, o'rganib chiqdik. Qanday legionerlar to'p surishini bilamiz. Darvozaboni Qirg'iziston terma jamoasida turadi. Yaxshi saviyali jamoa, o'rganib chiqdik. Bu borada nimadir desam to'g'ri bo'ladi, ertaga yaxshi o'yin ko'ramiz.