locale OZ

Ravshan Muxadov: Andijon oxirgi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi

“Andijon” - “Arkadag” bahsidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Muxadov: Andijon oxirgi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi
photo: Andijon fk
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
26.11.2025, Yak.
Andijon
1
Arkadag
1

OCHL2. “Andijon” - “Arkadag” bahsi oldidan bugun “Bobur arena”da tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ravshan Muxadov va futbolchi Ibrohim Mammedov ishtirok etishdi.

Ravshan Muxadov: - Menga O'zbekiston begona emas. Bu yurtga yana kelganimdan xursandman. Men o'z vaqtida “Paxtakor” jamoasida mamlakatingizni taniqli mutaxassislari - Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Andrey Pyatniskiy kabi futbolchilar bilan bir jamoada to'p surganman. Ertangi o'yinga keladigan bo'lsak, “Andijon”ga ham, bizga ham g'alaba zarur. Keyingi bosqichga chiqish uchun barchada imkoniyat bor va bundan foydalanish uchun albatta ertangi uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rib keldik.

Ibrohim Mammedov: - Barchaga salom. “Andijon”ni qanaqa jamoaligini bilamiz, bu borada o'rganganmiz. Ertangi uchrashuvda murabbiyimiz ko'rsatmasiga asoslanib maydonga chiqamiz va bizga berilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

- Andijonga xush kelibsiz. Raqamlar shuni ko'rsatyaptiki, jamoa Turkmaniston chempionatida juda yaxshi o'ynayapti. Ertangi uchrashuvda jamoangiz hujumkor o'yin ko'rsatadimi yoki boshqachami?

Ravshan Muxadov: - Bunday savolni menga arablar ham berishgandi (kuladi). Raqib murabbiyi sizga shunday savol berishni aytdimi (kuladi). Hech qachon hech qaysi murabbiy oldindan taktika haqida ochiq gapirmaydi. Siz mendan xafa bo'lmang. Lekin biz ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Hujumkor futbol ko'rsatamiz. Xafa bo'lish yo'q (kuladi).

- “Arkadag” klubi hali o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan jamoaga qarshi o'ynaydi. Shuni hisobga olganda, alohida tayyorgarlik ko'rildimi? Ertaga yana 0:0 bo'lishidan cho'chimayapsizmi?

Ravshan Muxadov: - 0:0 bo'lgan o'yinda himoyachilar g'alaba qozongan deyish mumkin. YA'ni, gol o'tkazmagan jamoani yutdi desa bo'ladi. Himoyada yaxshiroq o'ynagan bo'ladi. Ertaga g'alaba kerak, harakat qilamiz. Har qanday jamoa gol urish uchun o'ynaydi. Biz vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimiz uchun gol urolmaganmiz. Ertaga buni to'g'rilashga harakat qilamiz. “Andijon” chempionatni oxirgi turida 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Demak, gollar urishni biladi.

- Jamoa tarkibida muammolar yo'qmi? Jarohat olganlar-chi?

Ravshan Muxadov: - Bir-ikkita futbolchi jarohat sababli maydonga tusha olmaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting