Ravshan Irmatov Jizzax viloyatida bo‘lib, u yerdagi futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi
Uchashuv chog‘ida mahalliy mutasaddilar bilan hududda futbolni rivojlantirishni muhokama qilindi.
photo: UFA
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Jizzax viloyatida bo‘lib, u yerdagi futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
Ravshan Irmatov Jizzax viloyati futbol akademiyasi hamda “So‘g‘diyona” futbol klubi akademiyasi faoliyatini o‘rgandi, yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Uchashuv chog‘ida mahalliy mutasaddilar bilan hududda futbolni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilmani yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor