locale OZ

Ravshan Irmatov FIFa qo'mitalarining yalpi uchrashuvida ishtirok etdi

Unda 2025-yilning eng yaxshi futbolchi va murabbiyi taqdirlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Irmatov FIFa qo'mitalarining yalpi uchrashuvida ishtirok etdi
Фото: ЎФА

Avval xabar berganimizdek, tarixda ilk bor Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining uch nafar vakili FIFA qoʻmitalari aʼzoligiga saylangandi. Doha shahrida FIFA qoʻmitalarining yalpi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

OʻFA birinchi vitse-prezidenti, FIFA Futbol texnologiyalari, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Ravshan Irmatov mazkur qoʻmitaning ilk yigʻilishida ishtirok etdi.

Shuningdek, OʻFA bosh kotibi Avaz Maksumov FIFA Sohil futboli qoʻmitasi, OʻFA ayollar futbolini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Yuliya Panina ayollar terma jamoalari musobaqalarini oʻtkazish qoʻmitasi yigʻilishidan oʻrin olgan konstruktiv uchrashuvlarda ishtirok etishdi.

Kunning ikkinchi yarmida FIFA tomonidan rasmiy tadbir tashkil etilib, 2025-yilning eng yaxshi futbolchi va murabbiyi taqdirlandi.

FIFA tadbirlari doirasida qoʻmita a’zolari Qatarda boʻlib oʻtadigan Qitʼalararo kubok final uchrashuvi — PSJ hamda “Flamengo” bahsi va “Arab Cup” musobaqasining finalidan oʻrin olgan Marokash — Iordaniya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni kuzatib borishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting