locale OZ

Ravshan Haydarov: «Osiyo kubogiga ikki yosh kichik tarkib bilan boramiz»

Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Haydarov: «Osiyo kubogiga ikki yosh kichik tarkib bilan boramiz»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov yig‘in, tayyorgarlik va navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Osiyo kubogiga tayyorgarligimizning ilk bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Oldimizda 2 haftalik tayyorgarlik bor edi va uning birinchi haftasi yakuniga yetmoqda. Asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatiga qaratildi. Safimizda og‘ir mavsumni o‘tkazgan o‘yinchilar bor. Ular har xil holatda kelishgan. Hozirda ularning holatini tiklash ustida ishlayapmiz.

Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yinimiz bor. Iordaniya va Qatar U23 terma jamoalariga qarshi bahslarda ishtirok etamiz. Bu o‘yinlar o‘yinimizni shakllantirishga yordam beradi.

Osiyo kubogiga 2028 yilgi Olimpiadada ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bilan yo‘l olamiz. Biz o‘zimizdan 2 yosh katta futbolchilarga qarshi o‘ynasak ham, keyingi olimpiya sikliga shakllangan holda tajriba to‘plashni maqsad qilganmiz", — dedi Haydarov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting