Ravshan Ermatov: «Bo'lajak turnirga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz kerak»
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov qur'a tashlash marosimidan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
"Juda hayajonli qur'a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bizga Portugaliya, Kolumbiya va Kongo/ Yamayka / Yangi Kaledoniya bilan bir guruhdan joy oldik. Albatta, Jahon chempionati bu biz uchun birinchi tajriba hisoblanadi. Ishonamizki, jamoamiz yaxshi tayyorgarlik qilib, xalqimizni xursand qilgan holda, chiroyli oʻyin koʻrsatishadi va keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddalaymiz."
Shuningdek, mundialdagi koʻplab bahslar bir-biridan qiziq boʻladi, oson oʻyinlar hech qachon boʻlmaydi. Shu bois, boʻlajak turnirga puxta tayyorgarlik koʻrishimiz kerak. Eng muhimi, muxlislarimiz mana shu Jahon chempionatidan zavqlanib, butun umrga esda qoladigan birinchi ishtirok boʻladi," - deya aytib oʻtdi Ravshan Ermatov.