locale OZ

Ravshan Ermatov: \"AQShga faqat sayr qilgani bormaymiz\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Ermatov: "AQShga faqat sayr qilgani bormaymiz"
FOTO: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda BAA bilan durang o‘ynadi (0:0) va o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga chiqdi. Sports24.uz O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning fikrlari bilan qiziqdi.

- Avvalambor, butun xalqimizni tarixiy yutuq bilan tabriklayman. Bu 37 million xalqimizning g‘alabasi. Muhtaram prezidentimizning sportga, xususan futbolga qaratayotgan e’tibori samarasini bugun ko‘rdik. Xalqimiz bu kunga 33 yil kutdi. Barchani yana bir bor tabriklayman.

- Jahon chempionatiga chiqdik, endigi rejalar qanday, kuchli terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etiladimi?

- Albatta! Oxirgi yillarda o‘zimiz ham faqat kuchli va mashhur jamoalar bilan o‘ynayapmiz. Jahon chempionatiga faqat Amerikani sayr qilgani bormaymiz.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting