Raul Bundesligada ish boshlashi mumkin
Raul o‘tgan yili 6 yillik faoliyatidan so‘ng "Kastilya" murabbiyligidan ketgandi.
Фото: Marca
"Real Madrid" afsonasi Raul murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Bild xabar tarqatishicha, ispaniyalik mutaxassis "Borussiya M" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, nemis jamoasi Gerardo Seonani iste’foga chiqarganidan so‘ng Raulga taklif bilan chiqqan. Tomonlar hozirda muzokara olib bormoqda. Hozir tomonlar o‘rtasida kelishuv yo‘q. Ammo klub Raulning taklifga ijobiy javob berishiga ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Raul o‘tgan yili 6 yillik faoliyatidan so‘ng "Kastilya" murabbiyligidan ketgandi.
Ma’lumot uchun, "Borussiya M" ayni vaqtda Bundesligada 4 ta turdan so‘ng 2 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasida ketmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist