Raul Asensio muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
Futbolchining o‘ng boldir suyagi singan edi.
Фото: Getty Images
«Real» himoyachi Raul Asensioning muvaffaqiyatli operatsiya qilinganini ma’lum qildi.
23 yoshli futbolchi o‘ng boldir suyagining stress sinishi sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Yaqin kunlarda Asensio tiklanish jarayonini boshlaydi. Avvalroq matbuotda Raul safga tez orada qayta olmasligi, uning tiklanishi uchun ikki oydan to‘rt oygacha vaqt talab qilinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
2026/2027-yilgi mavsumda Raul Asensio hali maydonga tushgani yo‘q.
Ayni paytda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Qirollik klubi» peshqadam «Barselona»dan 6 ochko ortda qolmoqda.