Raul Asensio «Beshiktosh» nazariga tushdi — Fanatik
Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Turkiyaning «Beshiktosh» klubi ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun 20 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, «Real» kelajakda ushbu futbolchining xizmatlariga tayanmoqchi emas va kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Avvalroq Asensioning madridliklar bilan shartnomasi 2031 yilga qadar uzaytirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda himoyachi Madrid klubi safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va bitta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Asensioning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.