locale OZ

Raul Asensio 2–4 oyga safdan chiqishi mumkin

Futbolchi boldir suyagidagi muammo bilan avvaldan kurashib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Raul Asensio 2–4 oyga safdan chiqishi mumkin
Foto: Getty Images

“Real Madrid” himoyachisi Raul Asensio o‘ng oyog‘ining boldir suyagidagi stress sinishi sabab jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Klubning rasmiy bayonotiga ko‘ra, operatsiya 1-oktabr kuni amalga oshiriladi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli himoyachining tiklanishi ikki oydan to‘rt oygacha davom etishi mumkin. Shu sabab Asensio 2026-yil yakuniga qadar maydonga qaytmasligi ehtimoli bor.

Futbolchi boldir suyagidagi muammo bilan avvaldan kurashib kelayotgandi. Dastlab konservativ davolash usuli tanlangan, biroq og‘riqlar saqlanib qolgani sabab yakunda jarrohlik amaliyotiga murojaat qilishga qaror qilindi.

Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsumda “Real Madrid” safida hali rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan. Uning uzoq muddatga safdan chiqishi madridliklarning markaziy himoya chizig‘idagi muammolarini yanada kuchaytirishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting