Rasul Yo‘ldoshev – «Dinamo» futbolchisi
2026 yilgi mavsum oldidan seleksiya ishlarini davom ettirayotgan “Dinamo” jamoasi navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qiladi.
O‘tgan mavsumlarni “Bunyodkor” safida o‘tkazib, 130ta o‘yinda maydonga tushgan Rasul Yo‘ldoshev “Dinamo” PFK bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Vadim Abramov qo‘l ostidagi o‘yinlari bilan tanilgan 25 yoshli yarimhimoyachi O‘zbekiston U21 va olimpiya jamoalarida ham to‘p surgan. U o‘tgan mavsum 27 o‘yinda maydonga tushgan.
"Ishonamizki, Rasul Yo‘ldoshev Samarqanddagi faoliyati orqali “Dinamo” bilan yangi marralarni zabt eta oladi", - deyiladi xabarda.
“Dinamo” oilasiga xush kelibsiz, Rasulbek!
Biografiya: Rasul Hamza o‘g‘li Yo‘ldoshev
Tug‘ilgan sanasi: 26 oktyabr, 2000 yil.
Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Narpay tumani
Ampluasi: Yarimhimoyachi
To‘p surgan klublari: OKMK (2019), “Bunyodkor” (2020-2025);