locale OZ

Rasmiy. Ximenes «Vulverxempton»ga qaytdi

Shartnoma ikki yilga mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Ximenes «Vulverxempton»ga qaytdi
Фото: Вулверхэмптон

Meksikalik hujumchi Raul Ximenes faoliyatini "Tumanli Albion"da davom ettiradi.

35 yoshli hujumchi «Vulverxempton» bilan mehnat shartnomasini imzoladi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, shartnoma ikki yilga mo'ljallangan va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoni mavjud.

Ta'kidlash joizki, Ximenes avvalroq 2018 yildan 2023 yilgacha "bo'rilar" safida to'p surgan. U 166 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga 57 ta gol yozdirib qo'ygan.

Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumi yakunlariga ko'ra, «Vulverxempton» 20 ochko jamg'arib, jadvalda so'nggi o'rinni egalladi. Jamoa kelasi mavsumni Chempionshipda boshlaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting