Rasmiy. «Tottenhem» Simonsni sotib oldi
Фото: Тоттенхэм
"Tottenhem" "Leyptsig"dan Xavi Simonsni sotib olganini e'lon qildi.
Niderlandiyalik 22 yoshli hujumkor yarim himoyachining transferi uchun London klubi 60 million yevro sarfladi.
Futbolchining oʻzi bilan esa 5 yillik shartnoma imzolandi. Ushbu bitimni yana 2 yilga uzaytirish bandi ham bor.
Xavbek yangi jamoasida 7-raqam ostida harakat qiladi.
Simons "Leyptsig"da dastlab ijara asosida harakat qilgan. O‘tgan yil yozda nemislar uni PSJdan 50 million yevroga sotib olgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist