locale OZ

Rasmiy. Spalletti Italiya terma jamoasini tark etadi

U Moldova qarshi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Spalletti Italiya terma jamoasini tark etadi
Photo: Getty Images

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Moldovaga qarshi o‘yindan so‘ng iste’foga chiqadi.

66 yoshli mutaxassis Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina bilan gaplashganini aytdi.

“Kecha biz gaplashdik va u menga terma jamoa bosh murabbiyligidan ozod etilishimni aytdi. Juda afsusdaman, lekin taslim bo‘lmayman. Men qolishni va ishimi bajarishni afzal ko‘raman. Biroq bu ishdan ozod etildim va buni qabul qilishim kerak. Men har doim o‘z vatanimga xizmat qilganman”, — dedi Spalletti.

Eslatib o‘tamiz, Italiya JCh-2026 saralashida Norvegiyaga (0:3) yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. 8 iyun kuni Moldovaga qarshi navbatdagi bahsda maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting