locale OZ

Rasmiy. Sarri – «Atalanta» bosh murabbiyi

Italiyalik mutaxassis Bergamo jamoasini Raffaele Palladino ketganidan so‘ng boshqardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Sarri – “Atalanta” bosh murabbiyi
ФОТО: Getty images

Maurizio Sarri “Atalanta”ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Bu haqda klubning rasmiy resurslarida xabar berildi.

Italiyalik mutaxassis Bergamo jamoasini Raffaele Palladino ketganidan so‘ng boshqardi.

Sarrining tayinlanishi haqidagi xabarlar iyun oyining boshidayoq Italiya OAVda paydo bo‘lgan, murabbiyning o‘zi esa bu lavozimga asosiy nomzod sifatida qaralgan edi.

67 yoshli murabbiy avvalroq “Napoli”, “Yuventus”, “Chelsi” va “Latsio” klublarida ishlagan. Uning yutuqlari orasida Turin klubi bilan A Seriyadagi g‘alaba va londonliklar bilan Yevropa Ligasidagi zafar bor.

“Atalanta” Italiya chempionatini yettinchi o‘rinda yakunladi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting