locale OZ

Rasmiy: «Real» 33 yoshli Rüdiger bilan shartnomani uzaytirdi

Yangi kelishuv 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy: “Real” 33 yoshli Rüdiger bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

Germaniyalik markaziy himoyachi Antonio Rüdiger Madridning “Real” klubida qoladigan bo‘ldi.

“Qaymoqranglilar” matbuot xizmati 33 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasi uzaytirilganini rasmiy tarzda e’lon qildi.

Yangi kelishuv 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Rüdiger 2022 yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan klub mavsumida u barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting