locale OZ

Rasmiy: Mele «Arsenal» futbolchisiga aylandi

Fransuz futbolchisi yangi jamoasida 30-raqamni tanladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy: Mele 'Arsenal' futbolchisiga aylandi
ФОТО: Getty images

"Lids"ning sobiq darvozaboni Illan Melye Londondagi "Arsenal" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda "kanonirlar" matbuot xizmati xabar berdi.

26 yoshli Melye "Arsenal"ga erkin agent sifatida o'tdi. Kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan. Fransuz futbolchisi yangi jamoasida 30-raqamni tanladi.

"Men juda baxtiyorman. Bu men uchun ajoyib kun, chunki hozirda chempionlar safiga qo'shildim. Men uchun 'Arsenal' — Angliyadagi eng buyuk klub. 'Arsenal'ga o'tganimdan juda xursandman va faxrlanaman", — deya Melyening so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, Melye 2020 yildan 2026 yilgacha "Lids" sharafini himoya qilgan. O'tgan mavsum yakunlangach, u jamoani erkin agent sifatida tark etgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting