locale OZ

Rasmiy: Maguayr «MYu» bilan shartnomani uzaytirdi

Yangi shartnoma esa 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy: Maguayr «MYu» bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Ман Юнайтед

"Manchester Yunayted" Xarri Maguayr bilan shartnoma uzaytirilganini rasmiy ravishda e'lon qildi. Tomonlarning avvalgi kelishuvi shu yozda o'z nihoyasiga yetishi kerak edi. Yangi shartnoma esa 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.

Avvalroq OAVda Maguayrga APLning boshqa to'rtta klubi da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchining o'zi "MYu"da qolishni istagan.

Joriy APL mavsumida Xarri Maguayr 18 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda himoyachi o'z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting