Rasmiy. Ilkay Gyundogan — «Galatasaroy» futbolchisi
Фото: Galatarsaray
Ilkay Gyundogan faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
“Galatasaroy” “Manchester Siti” bilan xayrlashgan 34 yoshli yarim himoyachini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi.
Turkiya chempioni germaniyalik futbolchi bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Gyundogan o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 33 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.
Futbolchi faoliyati davomida “Borussiya D”, “Barselona” va “Nyurnberg” klublarida ham harakat qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist