locale OZ

Rasmiy. Demichelis — «Leyptsig» bosh murabbiyi

Tomonlar 2028 yil yozigacha amal qiladigan mehnat shartnomasini imzolashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiy. Demichelis — "Leyptsig" bosh murabbiyi
ФОТО: RB Leipzig

"RB Leyptsig" rasmiy saytida Martin Demichelis jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani haqida e'lon qildi.

Tomonlar 2028 yil yozigacha amal qiladigan mehnat shartnomasini imzolashdi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra "RB Leyptsig" Bundesligada turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.

Futbolchilik faoliyati davomida Demichelis "Bavariya" safida to‘rt marta Germaniya chempioni bo‘lgan, "Manchester Siti" bilan esa APL oltin medallarini va ikki marta Liga Kubogini qo‘lga kiritgan.

Uning hisobida Argentina terma jamoasi safida 51 ta o‘yin ham bor.
Murabbiy sifatida u "Bavariya"ning ikkinchi jamoasida ishlagan, shuningdek, "River Pleyt", "Monterrey" va "Mallorka" klublarini boshqargan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting