locale OZ

Rasman: Zyule va O‘zjan joriy mavsum oxirida «Borussiya D»ni tark etadi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Zyule va O‘zjan joriy mavsum oxirida «Borussiya D»ni tark etadi
FOTO: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachi Niklas Zyule va yarimhimoyachi Salih O‘zjan joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini rasman e’lon qildi.

Ruhr Nachrichten nashriga ko‘ra, klub bosh direktori Lars Riken ushbu qaror yuzasidan quyidagilarni qayd etgan:

«Biz joriy haftada har ikki futbolchi bilan ham ochiq va konstruktiv muzokaralar o‘tkazdik. Natijada mavsum oxirida ularni qo‘yib yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdik».

Niklas Zyule 2022 yildan buyon Dortmund klubi sharafini himoya qilib, barcha turnirlar doirasida 108 ta o‘yinda maydonga tushgan va 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Salih O‘zjan ham 2022 yilda jamoaga kelib qo‘shilgan va 92 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting