Rasman: Zion Suzuki — “Aston Villa” futbolchisi
“Aston Villa” Yaponiyaning 23 yoshli darvozaboni Zion Suzukini “Parma”dan transfer qilganini rasman e’lon qildi. Birmingem klubi kelishuv tafsilotlarini hozircha oshkor qilmagan.
Avvalroq “Aston Villa” Suzuki transferi uchun bonuslar bilan birga 35 million yevro to‘lashi xabar qilingandi. Darvozabonning yangi klubi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Suzuki “Parma” safida 2024-yildan buyon to‘p tepib kelgan. U Italiya klubi tarkibida barcha musobaqalarda 59 ta uchrashuv o‘tkazib, 83 ta gol o‘tkazgan va 13 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Ma’lumot uchun, “Aston Villa” yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 23-avgust kuni “Brayton”ga qarshi o‘tkazadi. Suzuki mazkur bahsda yangi jamoasi safida debyut qilishi mumkin.